Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

0
101
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida oʻzining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, isteʼdod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlansin:

Matmuratov Gulomjon Gafurovich — Xoʻjayli tumanidagi «Gʻafur-Gʻulom chorva» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Oteshova Gulayim Begim kizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Odiljonova Sarvinoz Azizbek qizi — Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati

Ortiqxojiyev Omatilloxon Xusniddin oʻgʻli — Asaka tumanidagi «Zamon mirishkorlari» fermer xoʻjaligi boshligʻi, Andijon viloyati

Atoyeva Vazirabonu Alisherovna — «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boʻlimi aʼzosi, kashtadoʻz

Xamdamova Shamshoda Saidaxmat qizi — Buxoro shahridagi 24-koʻrish boʻyicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasi targʻibotchisi, Buxoro viloyati

Turakulov Sardorjon Yorqin oʻgʻli — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali kardiojarrohi, Jizzax viloyati

Ergasheva Dilchehra Urolboy qizi — Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» qoʻshma korxonasi «John Deere» kombayni operatori, Jizzax viloyati

Qahorova Zabarjad Abdurasul qizi -Respublika «Qizlar ovozi» klubining Mirishkor tumani boʻlimi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Tursunov Adham Asomiddin oʻgʻli — «Uzbekistan GTL» masʼuliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi smena muhandisi, Qashqadaryo viloyati

Quvondiqov Ulugʻbek Gʻayrat oʻgʻli — «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Gidrometallurgiya zavodi sianlash va sorbsiya sexi boshligʻi, Navoiy viloyati

Sharipova Mahliyo Esan qizi — «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid ishlab chiqarish, kaustik soda va metanol majmuasi sex smena muhandisi, Navoiy viloyati

Isaqova Moxidil Xusanboy qizi — Uychi tumanidagi «Asmus Gold Mega Textile» ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Namangan viloyati

Raximjanov Dostonbek Ulugʻbek oʻgʻli — Namangan shahridagi «Innovation Language Centre» nodavlat taʼlim muassasasi rahbari, Namangan viloyati

Omonova Nilufar Joʻrabek qizi — Samarqand shahridagi «MIT IT academy» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Temurov Anvar Ibodullo oʻgʻli — Urgut tumanidagi «Sam-Negin» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Anvarov Oybek Toʻlqinjonovich — «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki direksiyasi – IT Park» masʼuliyati cheklangan jamiyatining Sirdaryo viloyati filiali boshligʻi

Boʻronova Dilsora Sharifjon qizi — Xovos tumanidagi «Textile Fashion» masʼuliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi ustasi, Sirdaryo viloyati

Sobirova Nazokat Rashid qizi — «Hunarmand» uyushmasining Boysun tumani boʻlimi aʼzosi, gilamdoʻz, Surxondaryo viloyati

Xushboq Ulugʻbek Baxrom oʻgʻli — Qiziriq tumanidagi «Janub tongi diyori» fermer xoʻjaligi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

Maxsimova Risolat Qosimjon qizi — Parkent tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi, Toshkent viloyati

Tursunboyeva Zuhra Botir qizi — Boʻstonliq tumanidagi 17-bolalar musiqa va sanʼat maktabining akademik xonandalik boʻyicha oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Adxambekova Shabnam Yovsinzoda — Soʻx tumanidagi «Happy kids academy» nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari, Fargʻona viloyati

Ubaydullayeva Zarnigor Hasanboy qizi — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi axborot va media xizmati boʻyicha mutaxassisi

Allaberganova Shahnoza Allabergan qizi — Urganch davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Xorazm viloyati

Matkarimov Raxmatjon Jumanazarovich — Hazorasp tumanidagi «Nur Muhammad Islom obod» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Ruzmuxamedova Xodjiya Shokir qizi — Olmazor tumanidagi 102-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining eshitish idroki fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Umurzakov Islom Ilxom oʻgʻli — Toshkent shahridagi «Yosh maqomchilar» ansambli badiiy rahbari

Abdikarimov Kanat Alimjanovich — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining PR-markazi yetakchi mutaxassisi

Avazova Sevinch Pulat qizi — Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi

Amirov Elmurod Mansuriddin oʻgʻli — Geologiya fanlari universitetining Geologiya va geofizika instituti mineralogiya laboratoriyasi boshligʻi

Boʻtaxonov Ziyodulla Zoyirjon oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassisi

Gʻulomov Axmadjon Shavkat oʻgʻli — «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Uchuvchilar xizmati departamenti A-320 havo kemasi komandiri

Dadaboyev Dilshod Abdujalil oʻgʻli — Ijtimoiy tarmoqlardagi «Uzbekistan official» sahifalari administratori, bloger

Yevstafeev Yevgeniy Aleksandrovich — I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali 4-bosqich talabasi

Jaloliddinov Jasurbek Jamshid oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) sardori

Iminoxunov Nuruddin Abduqahhorovich — «EPAM Systems» kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mahsulotlar menejeri

Nematzoda Firdavs Nematovich — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi

Norchayev Xusain Toʻraqul oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) aʼzosi

Ruziyev Bekzod Dilmurodovich — «Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyatining meʼmor-qurilish boʻlimi loyihalar bosh muhandisi

Safarov Akmal Umar oʻgʻli — Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining yosh ijodkorlar bilan ishlash shoʻbasi bosh mutaxassisi

Turgʻunboyev Shaxzod Nodir oʻgʻli — Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakili

Xasanova Yoqutxon Baxodirjon qizi — M.Turgʻunboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli raqqosasi

Xodjayeva Shaxlo Murodovna — Amerika Qoʻshma Shtatlarining «Amazon» kompaniyasi biznes tahlil boʻyicha muhandisi

Erkinov Hojimat Botir oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) aʼzosi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.