Yoshlarni tarbiyalash: kitobxonlikning onlayn targʻiboti

0
353
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizdagi sinov davri yaʼni koronavirus pandemiyasini oldini olish maqsadida, yoshlarni kitobga yanada kengroq jalb qilish maqsadida, hamda yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ilmiy-ommabop, badiiy, tarixiy asarlarga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishda targʻibotning zamonaviy yangi koʻrinishi boʻlmish kitobxonlikning onlayn targʻiboti jadal suratlarda amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning ijrosiga qaratilgan, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini shakllantirishda kitob oʻqishga mehr uygʻotish borasida «Bilim» AKM mutaxassislari tomonidan bir qancha onlayn-loyihalar ishlab chiqildi.

  • 2020 yil aprel oyining 30 sanasidan eʼtiboran Toshkent «Bilim» axborot – kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Aqlli karantin” nomli yana bir loyiha havola qilindi. Onlayn viktorina koʻrinishidagi ushbu loyihani havola qilishdan maqsad yigit-qizlarning savodxonligi va ilmiy, tarixiy, madaniy, ijtimoiy siyosiy bilimlarini yanada oshirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish, hamda ularning bilimlarini qay darajada ekanligini sinashdan iborat. Xozirgi kunga kelib 400 ga yaqin test yaratilib ishtirokchilar soni 800 nafardan oshdi;
  • Men sevgan asarlar marafoni loyihasi. https://t.me/bilimaksiya/511 Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida amaldagi «Men sevgan asarlar» loyihasi doirasida «Men sevgan asarlar» marafon eshiklari barcha kitobsevar yoshlarimiz uchun ochildi.  Har bir kitobxon oʻzining sevgan asarlari haqida bizga fikr — mulohazalarini, video yoki fotosuratlarini @bilimaksiya_bot ga yuborish ishlari boshlandi.  Kitobsevar mushtariylarimizni ushbu marafondagi ishtiroki qanchalik kitoblarga mehr qoʻyganini koʻrsatadi.  Yuborilgan lavhalar  «Bilim» AKM kanalida havola qilinmoqda. Marafon nihoyasida  eng faol kitobsevar ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari taqdim etiladi.
  • “Onlayn viktorina” — Suratdagi asar nomini toping onlayn viktorina loyihasi. https://t.me/bilimaksiya/538 Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning 4 yoʻnalishi boʻlmish kitobxonlik targʻibotini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahar «Bilim» AKM mutaxassislari  ishlab chiqilgan Kitobxon mahalla loyihasi doirasida bolajonlarimizda kitobga mehr uygʻotish hamda yozgi taʼtilda vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida «Kitob oʻqi yozda,  bilim oshir bizda» shiori ostida onlayn viktorina oʻz ish faoliyatini boshladi. Viktorinamiz sharti: suratda yashiringan asarni topish va @bilimaksiya_bot ga javobinni taqdim etadi. Albatta gʻoliblar aniqlanadi, Markazimizning tashakkurnomasi va xomiylar sovgʻasi bilan taqdirlanadi.
  • Yozgi taʼtil mavsumida ijodkor kitobxon yoshlarimizning uyda oʻtirib vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun “Asarlarni jonlantiramiz» rukni ostida «Sheʼriyat vaqti» loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Bunda qadrli kitobxon doʻstlarimiz oʻzlari sevgan shoirning sheʼrlaridan ifodali oʻqib, video shaklida yuborish imkoniyatiga egadirlar. @bilimaksiya_bot har doimgidek kitobxonlar hizmatida. Har bir yuborilgan sheʼrlar «Bilim» aksiya|Uyda qoling kanalida havola qilinadi.
  • “Ertak terapiya” loyihasi «Bilim»aksiya/Uyda qoling (@bilimaksiya) kanalida kitobsevar bolajonlarimizni xar taraflama aqlli, bilimli boʻlishlarini taʼminlash uchun “Ertak terapiya” rukni ostida kitobsevar bolajonlarga nafaqat oʻzbek va rus tilida balki ingliz tilida ham ertak kitoblarni taqdim etish ishlari boshlandi. https://t.me/bilimaksiya/557, https://t.me/bilimaksiya/584.

 Hafiza KARIMOVA, Toshkent shahar «Bilim»axborot-kutubxona markazi direktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.