Yurtimiz ilk marotaba ot sporti boʻyicha xalqaro bolalar kubogiga mezbonlik qiladi

0
143
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 17-21-aprel kunlari yurtimizda ot sporti boʻyicha  “FEI Jumping Children`s Classic Final-2018”  xalqaro bolalar kubogi final bosqichi boʻlib oʻtadi.

Ushbu musobaqa ot sporti boʻyicha 15 yoshgacha boʻlgan chavandozlar oʻrtasida oʻtkaziladigan eng nufuzli turnirlardan biri hisoblanib, ushbu sport turi boʻyicha bunday saviyadagi musobaqa Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilmoqda.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Allyur” ot sport bazasida oʻtkazilayotgan musobaqaga Germaniya, Braziliya, Irlandiya, Argentina, Meksika, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika kabi dunyoning 12 davlatidan hakamlar, yosh sportchilar va mehmonlar jami 80 nafarga yaqin xorijliklar tashrif buyurishadi.

Hakamlar hayʼatiga fransiyalik Patris Alvado rahbarlik qiladi.

Musobaqa qoidalariga koʻra mezbon davlatdan 4 nafar va har bir mamlakatdan oltin tur natijalariga koʻra oʻz FEI guruhida eng yaxshi 10 talikka kira olgan sportchilardan 2 nafarining ishtirok yetishiga ruxsat yetiladi. Shunday qilib, gʻalaba uchun 12-14 yoshdagi 20 nafar yosh chavandozlar bahsga kirishadilar.

Soʻngi paytlarda yurtimizda ot sportini rivojlantirishga qaratilayotgan etibor va shu kabi nufuzli turnirlarga mezbonlik qilish – yosh chavandozlarimiz mahoratini oshirishga, elitaga kirish imkoniyati, yaxshi imidj, obroʻ, investitsiya va turistik jihatdan jozibadorlikni yaratishga xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi  Matbuot xizmati

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.