Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020 yil 3 iyun soat 10:00 holatiga koʻra, 3769 (+9) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Toshkent viloyatida (6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari aholi orasidan aniqlangan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib karantinga olingan) aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 2908 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.
Hozirda mamlakatimizda 846 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 10 nafari ogʻir, 1 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.