Yurtimizda koreys tiliga qiziqish ortmoqda

0
137
views

Xalq taʼlimi vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, 2018-2019 oʻquv yilida mamlakatimizda koreys tilini oʻrgatuvchi taʼlim muassasalari soni oʻtgan oʻquv yiliga nisbatan 4 taga koʻpayib, jami 12 tani tashkil etgan.

Shuningdek, koreys tili oʻqitiladigan sinflar soni 2017-2018 oʻquv yilida 91 tani tashkil etgan boʻlsa, 2018-2019 oʻquv yilida ular soni 153 taga etdi.

Tabiiyki, koreys tilini oʻrganayotgan oʻquvchilar soni ham oshib, 2018-2019 oʻquv yilida 5466 nafarni tashkil qildi. Bu koʻrsatkich 2017-2018 oʻquv yiliga nisbatan 2728 nafar koʻpligidan darak bermoqda.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here