Zafarbek Karimov kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi sportchisi boʻldi

0
477
marta koʻrilgan.

Toshkent mezbonlik qilgan taekvondo boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi.

Toʻrt kun davom etgan jahon birinchiligida sayyoramizning 70 ga yaqin mamlakatidan 850 nafarga yaqin yosh sportchilar bellashdilar.  Oʻzbekiston terma jamoasi esa mazkur musobaqada  20 nafar sportchi bilan ishtirok etib, 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

 Muhammadamin Aliyev ushbu musobaqada yarim finalgacha yetib borib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.  Zafarbek Karimov esa  barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, jahon chempionatining oltin medaliga sazovor boʻldi. Shuningdek Zafarbek  jahon chempionatining eng yaxshi sportchisiga atalgan sovrinni ham qoʻlga kiritdi.

Afsuski, boshqa taekvondochilarimizga omad kulib boqmadi.

Oldingi uchta jahon chempionatida oʻzbekistonlik taekvondochilar  7 ta bronza medalini qoʻlga kiritishgan edi. Bugungi kunga kelib, kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yurtimiz sportchilarining jami medallari  9 taga yetdi. Ulardan bittasi oltin, qolgan 8 tasi bronza medallaridir. Toshkentda oʻtkazilgan dunyo birinchiligi ushbu yoʻnalishda qoʻlga kiritilgan dastlabki oltin medal bilan yodimizda qolmoqda.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.