“Zamonaviy tibbiy reabilitatsiya qilishning dolzarb muammolari”ga bagʻishlangan onlayn ilmiy-amaliy konferensiya

0
243
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari  ishtirokida “Zamonaviy tibbiy reabilitatsiya qilishning dolzarb muammolari”ga bagʻishlangan onlayn ilmiy-amaliy konferensiya  boʻlib oʻtdi.

Konferensiyani Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori A.Inakov ochib, ayni mavzu bugungi kun talablari asosida tanlanganligini, tibbiy reabilitatsiya qilish borasida mamlakatimiz va halqaro miqyosda oʻz yechimini kutayotgan dolzarb masalalar  muhokama qilinishini taʼkidladi.  

Tadbir davomida bemor va nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, eng soʻnggi raqamli kompyuterlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda, Oʻzbekiston reabilitatsiya mahsulotlari ishlab chiqarilishini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.  Shuningdek, malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda oʻzaro tajriba almashish, zamonaviy axborot texnologiyalari, innovatsion yutuqlardan samarali foydalanish, birgalikda ilmiy-texnik, metodik loyihalar ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish, uchrayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha birgalikda amaliy hamda samarali ishlarni olib borish yuzasidan fikrlar aytildi. Reabilitatsiya jarayonida eng soʻnggi rusumdagi kompyuterlardan, robotlashtirilgan texnologiyalardan foydalanish borasida soʻz yuritildi.    

Tadbir soʻnggida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Imzolash jarayonida tomonlar qisqa muddatda yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak boʻlgan birgalikdagi loyihalar hamda kelajakda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlash, ularni amaliyotga joriy qilish mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib olishdi.   

Anvar QOBILOV, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi Matbuot xizmati rahbari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.