Zaynab Dayibekova Olimpiadada kuchli sakkizlikdan joy oldi

0
131
marta koʻrilgan.

Sablyachimiz Zaynab Dayibekova Tokio-2020 Olimpiadasida oʻzining chorak final bellashuvini oʻtkazdi. Ushbu bosqichda u vengriyalik Anna Martonga qarshi bahs olib bordi.

Oʻta shiddatli va murosasiz kechgan bellashuvda 18 yoshli qilichbozimiz 11:15 hisobida magʻlub boʻldi. Shu tariqa, hamyurtimiz Tokio Olimpiadasini kuchli sakkiztalikda yakunladi. Bu yosh sportchimizning debyut Olimpiadasi uchun juda ajoyib natija. Fursatdan foydalanib, yosh sportchimizga musobaqadagi ajoyib ishtirok uchun tashakkur aytib qolamiz.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.