Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjanov Facebookdagi sahifasida Oʻzbekistondagi bir qator saytlarga toʻsiq olib tashlanganligi haqida axborot berdi.
Avvalroq YeXHT ning OAV erkinligi masalalari boʻyicha vakili Arlem Dezir tomonidan ayrim xorijiy axborot veb-resurslariga kirish imkoniyati cheklanganligi haqida hisobot bergan edi.
Agentlik toʻsiqlarni oʻrganib chiqib, ularni bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar koʻrildi. Bugundan eʼtiboran «Voice of America», «Amerika ovozi», «BBC Uzbek», «Deutsche Welle», «Amnesty International», «Human Rights Watch», «Reporters sans frontieres», «Eurasianet.org», «AsiaTerra», «Fergana Agency», «Centre1», «Uzmetronom» kabi veb-resurslar va boshqa xorijiy veb-saytlardan toʻliq foydalanish imkoni mavjud boʻladi.
“Agentlik jurnalistlar mavqeini mustahkamlash, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, davlat organlari shaffofligini oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida faoliyatini davom ettiradi” , — deydi K.Allamjanov Facebookdagi sahifasida.
Shuningdek, agentlik xorij ommaviy axborot vositalari, umuman jurnalistlar jamoasini jurnalist etikasi tamoyillariga rioya etishlari, tasdiqlanmagan va yolgʻon axborotlardan foydalanmaslikni, shuningdek, asoslanmagan mish-mish va gumonlarni tarqatmasliklarini soʻraydi.
Oydin SAʼDULLAYEVA tayyorladi.