Bugun Oʻzbekiston aholisining 33 foizini 18 yoshgacha, 24 foizini 18dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil qiladi. Shu nuqtai nazardan mamlakatda ish oʻrinlarini yaratish masalasi juda muhim sanalab, Oʻzbekistonning 2017-2021 yillarda rivojlanishining beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasiga ham kiritilgan.
Shu munosabat bilan kuni kecha BMTTD va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida “Oʻzbekistonda yoshlar bandligini taʼminlashga koʻmak” qoʻshma loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Loyiha “Rivojlanish maqsadlarida Rossiya Federatsiyasi — BMTTD” trast fondining moliyaviy koʻmagida amalga oshirilib, 2021 yilning 31 dekabrigacha moʻjallangan.
Oʻzbekistonni barqaror rivojlanishining sakkizinchi milliy maqsadi mehnat samaradorligini oshrish va erkaklar va ayollar bandligini birday taʼminlash orqali barqaror taraqqiyotni ilgari suradi. 2020 yilga kelib bandlik, taʼlim yoki professional tayyorgarlik sohalariga jalb qilinmagan yoshlar ulushini sezilarli darajada qisqartirish maqsad qilingan.
Loyihaning maqsadi — mamlakat hukumatiga mehnat bozori sohasidagi qator tashabbuslarga yordam berish orqali Oʻzbekistonda, ayniqsa yoshlarni (kollej va universitetlar bitiruvchilari, yosh ayollar va boshqalarni) ish bilan taʼminlashga koʻmak berishdan iboratdir.
Loyiha doirasida uch asosiy yoʻnalish boʻyicha qator tadbirlar amalga oshiriladi:
- Mehnat bozorida faol siyosat olib borish orqali, ayniqsa, kollej va universitetlar bitiruvchilari, yosh ayollar, vatanga qaytib kelayotgan mehnat migrantlari va aholining zaif guruhlari orasida yoshlar bandligini qoʻllab-quvvatlash va bunga koʻmak berish;
- Yoshlar tadbirkorlar va yangi biznes boshlayotgan kishilarni qoʻllab-quvvatlash;
- Yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi xizmatlari imkoniyatlarini kengaytirish.
Loyiha tadbirlari davlat tashkilotlari (vazirliklar, idoralar, mahalliy boshqaruv organlari), nohukumat tashkilotlar (masalan, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kabilar), mahalliy ekspertlar va tahlil markazlari, hamda hozirgi vaqtda ushbu sohada Oʻzbekiston hukumatiga koʻmak koʻrsatayotgan xalqaro va ikki tomonlama donorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.