Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining telegramdagi kanalida xabar berilishicha,
2018/2019 oʻquv yilida respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalridan jami boʻlib 755 nafar professor-oʻqituvchilar, doktorant va tadqiqotchilar malaka oshirishga xorijga joʻnatilgan. 164 nafar talabgor esa magistratura, 78 nafari doktoranturaga yuborilgan.
AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Avstriya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, va boshqa davlatlardan esa yurtimizga jami 832 nafar xorijlik mutaxassislar taʼlim jarayonlariga jalb etilgan.
Mazkur oʻquv yilida yurtimizda jami 32 ta qoʻshma darsliklar, 570 ta darslik va oʻquv qoʻllanmalar chop etilgan.
Xorijning “Impakt-faktor”ga ega boʻlgan ilmiy jurnallarida 2236 ta, OAK roʻyxatidagi jurnallarda 5802 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.