Genomni tahrir etuvchi nanokapsulalar  

0
256
marta koʻrilgan.

Ushbu kapsulalar avvallari bedavo hisoblangan Alsgeymer (qariyalar aqli zaifligi) va gemofiliya (irsiy qon ivimasligi xastaligi) kabi kasalliklarni davolashda qoʻl kelishi mumkin. Kapsulalar tahrir qilinayotgan hujayraga irsiy materialni xavfsiz va aniq yetkazib beradi. Shunisi muhimki, bu tarzda oʻzgartirilgan hujayralarning 90 foizi yashab ketganligini Tomsk politexnika universteti qoshidagi laboratoriya xodimi Aleksandr Timin tomonidan qayd etilgan.

Kapsulaning oʻlchami 2-2,5 mikrometrga teng. Unga irsiy material yuklanib, tahrir qilinayotgan hujayraga yetkaziladi. Uni hujayra makropinotsitoza, yaʼni nisbatan zarrachalarni egallab olish yoʻli bilan yutadi. Shunday qilib, mikrokapsula hujayra sitoplazmasiga kiradi va uning qobigʻini asta-sekin erishi natijasida irsiy material hujayrada qoladi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.