Aloe – ming dardga davo

0
600
marta koʻrilgan.

Abu Ali ibn Sino aloeni har xil yaralarni davolashda foydali malham sifatida qoʻllagan.

Masalan, soch toʻkilishi, toʻgʻri ichak yaralari, shishlarni, xususan mushakli aʼzolardagi shishlarni davolashda qoʻllangan. Tanada oʻt koʻpayib ketishi natijasida paydo boʻladigan bosh ogʻrigʻida gul yogʻi bilan aloe qoʻshib chakkaga surtilgan.

Ruxiy va asab kasalliklarida, koʻz va uning atrofidagi teri kasalliklarida, meʼda-ichak, xususan, toʻgʻri va yoʻgʻon ichak dardlaringa malham sifatida ishlatgan. Oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yarasini davolashda doimo aloedan foydalangan. 

Jigar yalligʻlanishida  aloe yeyish dardga davodir. Aloega teng miqdorda asal qoʻshib, qaynatib ichilsa, bemor tuzaladi. 

 Jigʻildon qaynashi, kekirish kuchayganda bir choy qoshiq quritilgan igir giyohiga bir piyola qaynoq suv quyib 20 daqiqa damlanadi, Soʻngra u idishi bilan 10 daqiqa suv bugʻida qaynatiladi. Damlama dokadan oʻtkazilib sovutilgach, unga har kuni bir osh qoshiq aloe sharbatidan qoʻshib, kuniga bir-ikki marta yarim piyoladan ovqatdan oldin isʼtemol qilinadi.

 Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.