Aqliy salohiyatga foydali neʼmatlar

0
260
marta koʻrilgan.

Amerikalik diyetologlar 27 yil davomida 13 ming kishi ustida kuzatuv olib borishdi. Tadqiqotdan maqsad parhez va aqliy faoliyatning bir-biriga bogʻliqligini oʻrganish edi.

Kishilardagi diqqat-eʼtibor, fahm-farosat tezkorligi va eslab qolish salohiyatlari koʻzda tutilgan holda test oʻtkazilgan edi. Aniqlanishicha, miya uchun eng yaxshi “ozuqa” bu – koʻkatlar va karam ekan.

Aynan ushbu neʼmatlar tarkibida vitaminlar, antioksidantlar va foliy kislota koʻp boʻlib, bu xotiraning pasayishi va Alsgeymer (parishonxotirlik) xastaligi rivojlanishining oldini olishda benazir vositalardan hisoblanadi.

Zero, alloma  Abu Ali ibn Sino dasturxonda koʻkatlar boʻlishining serhikmat ekanligini moziydayoq uqtirganligi bejiz emas.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.