Astma kasalligini xalqona davolash

0
684
marta koʻrilgan.

Astma kasalligida limon sharbati va qirgʻichdan oʻtkazilgan xren aralashmasi samarali davo hisoblanadi.

Malham tayyorlash va isteʼmol qilish tartibi. Buning uchun 3 dona limon sharbatiga 2 osh qoshiq maydalangan xren qoʻshib aralashtiriladi va muzlatgichga qoʻyiladi. Bunday aralashmani 0,5 choy qoshigʻidan kuniga 2 mahal (ertalab va kechqurun) isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Mazkur malhamni isteʼmol qilgandan soʻng, 30 daqiqa davomida hech narsa yeyish va ichish mumkin emas. Davolanish jarayonida esa taomnomadan barcha sut va sutli mahsulotlarni batamom chiqarib tashlash lozim.

 Ikkinchi malham. 2 bosh sarimsoqpiyoz va 5 dona limon mevasini qirgʻichdan oʻtkazib, ustiga xona haroratidagi 1 litr suv quyiladi va bu aralashma 5 kun tindirilib qoʻyiladi. Soʻngra dokadan oʻtkazilib, 1 osh qoshiqdan kuniga 5 mahal ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin ichiladi.

Uchinchi malhamda bir hil nisbatda olingan qizil lavlagi, turp, piyoz, limon sharbatlari va aloe bargi sharbati toza asal, shakar va 96% li spirt bilan aralashtirilib, malham tayyorlanadi. Bu malham muzlatgichda saqlanadi va har kuni ovqatdan yarim soat oldin ikki osh qoshiqdan kuniga 3 mahal isteʼmol qilinadi. Ushbu malhamni qabul qilish kasallik kuchayishining oldini oladi va nafas aʼzolari faoliyatini yaxshilaydi.

Toʻrtinchi malhamda 5 dona sogʻlom tovuqlardan olingan ekologik toza uy tuxumi yaxshilab yuvilib, paxtaga hoʻllangan spirt bilan ikki marta artiladi va 1 litrli shisha bankaga solinadi. Ustidan limon sharbati quyiladi. Bankaning usti doka bilan yaxshilab yopilib, muzlatgichga qoʻyiladi. 7-9 kundan soʻng tuxum poʻchoqlari erib ketadi. Shu vaqtda tuxumlar bankadan yogʻoch qoshiq bilan olinib, ustidagi yupqa poʻsti olib tashlanadi. Keyin tuxum oqi va sarigʻi bilan yana bankaga qayta solinadi. Bankadagi aralashmaga 300 gramm toza asal va 250 gramm sifatli konʼyak qoʻshilib (qalbaki asal va qalbaki konyakni ishlatish foyda bermaydi), yana 3-5 kun saqlanadi. Ushbu malhamni isteʼmol qilishdan avval uni yaxshilab chayqatib yuboriladi. Malham birinchi kuni 1 choy qoshiqdan ichiladi va ketidan 1 choy qoshiq tabiiy baliq yogʻi ham ichiladi.

Fazilat Saʼdullayeva, farmatsevt

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.