Mamlakatimizda xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordam berish, bilim va kasb-hunar oʻrganishga ishtiyoqi bor ishsiz ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” shakllantirilib, ushbu daftarga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari” ga kiritilgan 494 nafar dori-darmonga muhtoj ayollarga tuman hokimligi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi tomonidan 200 ga yaqin turli xil dori-darmonlarni berish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasining dori-darmon tarqatish boʻlimiga yetkazib berildi.
Dori-darmonlarni tumandagi 4 ta oilaviy poliklinikaning masʼul shifokorlari tomonidan roʻyxat asosida tarqatiladi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati