Badminton oʻyini koʻngilochar mashgʻulot sifatida inson turmush tarziga kirib kelgan. Endilikda u sport turi sifatida shakllanib ham ulgurdi. Uning salomatlikka foydasi biqiyos. U bilan shugʻullangan bola chaqqonlikka, epchillikka, barcha harakatni zudlik bilan anglab olib shunga yarasha javob qilishga oʻrganadi.
Shu bilan birga barcha yoshdagi insonlar u bilan mashgʻul boʻlib oʻz sogʻligini mustahkamlashi mumkin. Biz uni oilaviy sevib oʻynaymiz. Sayru sayohatga chiqqanda ham bemalol olib ketish mumkin. Badmintonning inson salomatligini mustahkamlashdagi afzalliklari nimada?!
Avvalo, vaznni kamaytirishga hamda ortiqcha yogʻlardan xalos boʻlishga yordam beradi. Chunki bu oʻyin koʻp jismoniy harakatlardan iborat. Bir soatlik mashgʻulot davomida 400-550 kaloriyani yoʻqotish mumkin. Bu barcha sport turlari orasida eng yuqori natija hisoblanadi. Agar badminton bilan muntazam shugʻullanilsa bir oyda 4 kilogramm vazndan xalos boʻlish mumkin. Eng asosiysi barcha muskullar harakatga kelishi natijasida ortiqcha yogʻlardan qutulishga yordam beradi.
Yana bir foydasi oʻpka foiliyatini yaxshilaydi. Ushbu sport turi bilan shugʻullanganda burun yoʻllari ochilib, nafas olish yaxshilanadi, Shuningdek xurrak otishning oldi olinadn. Sababi organizmda qon aylanishining yaxshilanishi natijasida butun tananing chidamliligining oshirilganligidadir.
Qon bosimi normallashtirishga yordam beradi. Badminton nafaqat qon bosimini tushirishga yordam beradi, balki uni butunlay davolaydi. Tomirlarda qon aylanishi yaxshilanishi tufayli qon bosimi ham normal holatga keladi.
Diabet xavfini kamaytiradi. Badminton faol jismoniy mashgʻulot boʻlgani uchun jigardagi har qanday mahsulotlar keltirib chiqargan qondagi ortiqcha qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Suyak mustahkamligini, zichligini oshiradi. Ushbu mashgʻulot ortiqcha vaznni yoʻqotish, tanadagi yogʻ miqdorini kamaytirish hisobiga hujayralar va ularni kuchlantiruvchi maksimal kalsiy toʻplanishiga imkon yaratadi.
Yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yoshga yosh qoʻshilgan sari yurak devorlarida xolesterin miqdorining oshishi kuzatiladi. Bu esa oʻz navbatida yurak xuruji, miyaga qon quyilishi va zaiflikka sabab boʻladi. Badminton sporti esa qoʻshimcha yogʻlarni eritib, inson tanasidagi ortiqcha xolesterindan xalos boʻlishga yordam beradi, buning natijasida yurak muskullari faol ishlaydi, yurak xuruji xavfi oldi olinadi. Shuningdek, odam tanasida ikki xil xolesterin mavjud. Ikkinchisi foydali xolesterin deb nomlanadi, ushbu mashgʻulot uning darajasini oshirishga yordam beradi.
Badminton sporti harakatchanlik, aqliy qobiliyat va natijada mehnat mahsuldorligini oshiradi. Qanday qilib? Mukammal harakatlarni talab qiluvchi ushbu mashgʻulot, hushyorlikka vat yezda javob qaytarishga undaydi. Bu oʻz navbatida diqqatni jamlashga, epchillikka oʻrgatadi, stressdan qutulishga, yordamberadi.
yaxshilaydi.
Badminton oʻynaganda metabolizmdan qutilasiz. Tabiiy terlash natijasida tanadagi toksinlar yoʻqotiladi,, moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Ich damlashi ketadi, yanada sogʻlom va koʻrkam boʻlishga zamin yaratiladi.
Shuningdek bu sport turi ijtimoiy munosabatlarda ham yordam beradi.
Badmintonni yolgʻiz oʻynab boʻlmaydi. Bir kishi bilan qayta-qayta oʻynayverish ham zeriktiradi. Yangi raqobatchilarni izlaysiz va bu esa oʻz navbatida jamoatchilik bilan aloqalaringizni yaxshi yoʻlga qoʻyishga imkon beradi.
Badminton mashgʻuloti natijasida sogʻlom turmush tarziga oʻrganasiz. Maroqli dam olish, tinib uxlash, faolroq va gʻayratliroq boʻlishga oʻrgatadi, natijada kundalik ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Jismoniy jihatdan kuchlilik, diqqatni jamlay olishga koʻnikish esa miya faoliyatining samarali ishlashini taʼminlaydi.
Hayotingizni ajoyib va gʻaroyib jismoniy mashqlar bajarish bilan toʻldiring. Shundagina oʻz hayotingizdan mamnun boʻlasiz, aql va salomatlik uygʻun boʻlganidan keyin omadning oʻzi kelaveradi. Jismoniy mashq, kayfiyatni koʻtarish, doʻstlar davrasini kengaytirish oʻz navbatida yutuqlar garovidir!
Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach