Bodom, pista, oʻrik magʻzi hamda oshqovoq urugʻlari oʻsma kasalliklarining oldini oladi

0
329
marta koʻrilgan.

Bodomda letril moddasi mavjud boʻlib, uning tarkibida esa kam miqdorda sianidga oʻxshash substansiya bor. Bu esa saraton hujayralariga halokatli taʼsir etib, ularni nobud qiladi.

Qadimgi greklar, rimliklar, misrliklar hamda xitoyliklar oʻz taomnomalarida urugʻ va oʻrik magʻzini ishlatishgan. Ular ushbu mahsulotlar rakning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi deb bilishgan.

Zigʻir va kunjut hamda oshqovoq urugʻi, pista oʻzining tashqi qobigʻida lignanin moddasini tutadi. Bu esa fitoestrogenlar hisoblanadi hamda organizmdagi ortiqcha estrogen gormonini chiqarib yuboradi. Tanadagi ortiqcha estrogen gormoni esa sut bezi raki, tuxumdonlar raki hamda bachadon saratonini keltirib chiqaradi.

Shuningdek, lignan moddasi soya dukkaklilarida hamda undan tayyorlangan mahsulotlarda uchraydi. Osiyo davlatlari aholisi ushbu mahsulotlarni sevib isteʼmol qilganligi sababli ham bu mamlakatlardagi xotin-qizlar orasida gormonlar bilan bogʻliq rak kam uchraydi.

Gulchehra ShIRINOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.