Boʻgʻinlar revmatizmi va oʻpka kasalliklari oʻrtasida bogʻliqlik bor  

0
732
marta koʻrilgan.

Zee News nashri xabar berishicha, olimlar ushbu kasallikka yoʻliqqan 24625 nafar, shu bilan birga, 25396 nafar sogʻlom odamning maʼlumotlarini tekshirib chiqdi. Natijada, boʻgʻinlar revmatizmi qayd etilgan ishtirokchilar guruhida surunkali oʻpka kasalliklari tufayli kasalxonaga tushish holati koʻproq takrorlangani maʼlum boʻldi.

Tadqiqotchilar natijaga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillarni ham hisobga olishdi. Hatto shundan keyin ham boʻgʻinlar revmatizmiga uchragan odamlarda surunkali oʻpka kasalliklari xavfi boshqalarga nisbatan 47 foiz yuqoriligicha qoldi. Olimlar bunga yalligʻlanishning ushbu kasallik rivojlanishida muhim ahamiyatga egaligini sabab qilib koʻrsatyapti.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.