Bola taomnomasi haqida tavsiyalar

0
492
views

Bola taomnomasini tartibga solish uchun avvalo, kraxmalli va qandolat mahsulotlarini hamda rang berilgan shirin suvlarning isteʼmolini  cheklang.

Chaqaloqning dastlabki  oylaridanoq milklarini yumshoq tish choʻtkasi yoki yumshoq toza mato, paxta  bilan tozalashni anʼanaga aylantiring.

Goʻdakni bir yoshdan piyoladan suv ichishga oʻrgating. Bola soʻrgʻichli shishadan faqatgina ovqatlanish vaqtida foydalanishini nazorat qiling. Suv ichishga ehtiyoj boʻlmaganda soʻrgʻichli shisha idishni soʻrib yurishi maqsadga muvofiq emas.

 Oʻn besh oylikdan keyin ham soʻrgʻichli shishadan suv ichadigan, kuniga 3 mahaldan koʻp kraxmalli va shirin mahsulotlarni isteʼmol qiladigan bolalarda tish kasalliklari ehtimoli keskin oshadi”, deyiladi Amerika pediatriya akademiyasi maʼlumotlarida.

Fazilat SAʼDULLAYEVA, farmatsevt

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here