Displaziya —bu tos suyagi chukurchasining yaxshi rivojlanmagani boʻlib, buksa suyagi tutashgan joyida nukson kuzatiladi.
Bunday bolalarda son suyagi bilan buksa suyagi tutashgan joyi chikib ketadigan boʻlib, yaxshi oʻsmay koladi. Displaziya nasldan naslga oʻtadigan nuqson boʻlsada, xozirgi kunda homiladorlik ogʻir kechgan onada kalsiy yetishmasligi natijasida ham kelib chiqishi kuzatilmokda.
Kasalik kancha erta aniklansa, davolash shuncha oson kechadi va asoratsiz oʻtib ketadi.
Ortoped koʻrigidan tugʻrikxonaning oʻzidayoq oʻtish kerak. Bu kasallik oʻgʻil bolalardan koʻra kiz bolada 6-7 barobar koʻp uchraydi. Vaktida davolanmagan bolada keyinchalik oyoq ogʻrishi, tez charchash ,oyogʻini qiyshik bosishi kuzatiladi.
Eng achinarlisi, vaktida davolanmagan qiz bolada voyaga yetib tugʻruq jarayoni ogʻir kechishi, keyinchalik oqsoqlanib yurishi, hatto, yurolmay qolishi mumkin. Shuning uchun aziz ota-onalar, bolalaringiz salomatligiga eʼtiborli boʻling!
Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi.