Bolalar uchun uqalash muolajasi va gimnastikasi bolaning badaniga, sogʻligiga zid kelmaydigan tabiiy davolashdir.
Chaqaloqlar uchun massaj va gimnastika koʻpincha pediatr tomonidan mushaklar tonusini normallashtirish va bolada mushaklarning kuchlanishini yumshatish uchun samarali usul sifatida belgilanadi.
Goʻdaklar uchun hayotining birinchi yili davomida massajdan foydalanish, kindik churrasi ehtimolini pasaytiradi, mushak tonusining buzilishi bilan birga bolalar displaziyasini davolashga ham yordam beradi.
Aziz ota onalar, bu muolajalarni oʻrganib oling va oʻzingiz har kuni bajarishga odatlaning. Bu bola bilan ona oʻrtasidagi mehr rishtalarni ham kuchaytiradi.
Shu bilan birga har kuni choʻmiltirishga ham odatlantiring. Zero chaqaloq na faqat burni bilan balki, terisi orqali ham nafas oladi. Bola tez ulgʻayadi.
Quyosh vannasi qilish ham samarali davolash vositasidir. Quyosh tushib turgan xonada quyosh nurlari ostida kiyimlarini yechib 5-10 minut turli oʻyinchoqlar berib, muloyim ovozda suhbatlashasiz. Bu muolaja ham bolaning osoyishta uxlashiga samarali taʼsir koʻrsatadi.
Fazilat SAʼDULLAYEVA tayyorladi.