Boʻqoq organizmda yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadi. Uni uy sharoitida aniqlashning eng yaxshi usullaridan biri oyoqning tag qismiga yod surtishdir.
Ushbu muolajani bir necha kun qaytaring. Agar surtilgan yod ertalabgacha “shimilmagan” boʻlsa muolajani toʻxtatish lozim. Demak, organizm yodga toʻyingan. Bordi-yu yoddan hech qanday iz qolmasa, muolaja davom ettiriladi.
Asal va yongʻoqli malham. Yongʻoq tarkibida yod koʻp. Asal esa ming dardga davo deydi xalqimiz. Qurʼoni karimda ham naxl (asalari) surasi mavjud. Bu bejiz emas.
Yongʻoqni koʻpchilik endigina tugunchak boʻlayotgan paytida yutadi. Bu ham xalq tabobati usullaridan biri, biroq oʻtida muammosi boʻlgan kishilarga tavsiya qilib boʻlmaydi. Unday kishilarga eng yaxshi muolaja asalli malhamlardir.
Malham tayyorlash. 200 gr. grek yongʻogʻini hovonchada yoki mikserda tuyib, un shakliga kelgunicha maydalanadi. Soʻng ushbu kukun 500 gr. toza asalga qoʻshiladi va aralashtiriladi. Tayyor mahsulotni 1 hafta davomida bir kunda 3-4 choy qoshiqdan isteʼmol qilib turiladi. Ushbu aralashma boʻqoqni davolash bilan birga xotirani ham yaxshilaydi. Immunitetni koʻtaradi.
Asal, limon va sarimsoqpiyoz aralashmasi yana bir shifobaxsh usul. 5 dona limonning ichki qismi ajratib olinib, yaxshilab eziladi. Soʻng unga 5 dona sarimsoqpiyoz donachalari ezib qoʻshiladi. Bu massani yarim litr toza asalga qoʻshib aralashtiriladi.
Aralashma salqin, oftob nuri tushmaydigan joyda 10 kun davomida saqlanadi. Shundan soʻng, uni har kuni 2 osh qoshiqdan ichish tavsiya etiladi.
Fazilat Saʼdullayeva, farmatsevt