Boʻqoqni uy sharoitida davolashning 10 ta usuli

0
5903
marta koʻrilgan.

Quyidagi mahsulotlarda organizmga zarur boʻlgan yod miqdori yuqori.  Shuning uchun ulardan oʻzingizning salomatlikingizga eʼtibor berib foydalanishingiz kerak.

1. Boʻqoq organizmda yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadi. Shuning uchun uni uy sharoitida davolashning eng yaxshi usullaridan biri oyoqning tag qismiga yod surtishdir. Ushbu muolajani bir necha kun qaytaring. Agar surtilgan yoddan ertalabgacha hech qanday iz qolmasa, muolajani davom ettirasiz. Bordi-yu yod “shimilmagan” boʻlsa muolajani toʻxtatish lozim. Demak, organizm yodga toʻyingan.

2. Anjir. Ushbu muolajani amalga oshirish uchun  4 kg. anjir kerak boʻladi. 3 dona kattaroq anjirlarni sirli idishga solib, ustiga qaynagan suv quyamiz. Ertalab bir dona anjirni yeb, 3 osh qoshiq suvidan ichiladi. Tushlikda ikkinchisi, kechki ovqat vaqtida esa uchinchisini isteʼmol qilib, suvi ichiladi. Bu muolaja 1 hafta davom etadi.

3. Olcha. 100 gr. olchaning kurtakli shoxlari barglari bilan birga kesib olinib, 0,5 litr suv solib 30 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Tayyor sharbatni bir kunda 3 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

4. Limon va asal. Oʻn dona limonning ichki qismi ajratib olinib, yaxshilab eziladi. Soʻng unga 10 dona sarimsoqpiyoz donachalari ezib qoʻshiladi. Bu massani 1 litr toza asalga (shakarsimon boʻlib qolgan asal boʻlsa maqsadga muvofiq) qoʻshib aralashtiriladi. Aralashmani salqin, oftob nuri tushmaydigan joyda 10 kun davomida saqlash lozim. Shundan soʻng, uni har kuni 4 choy qoshiqdan ichish tavsiya etiladi.

5. Yovvoyi yertut (qulupnay). 3 osh qoshiq maydalangan yovvoyi yertut  bargini 700 ml. suvga solib sirli idishda 3 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Soʻng massa sovutilib, dokada suzib olinadi va har kuni 200 ml.dan 3 marta ichiladi. Muolaja 5 kun davom etadi.

6. Yongʻoq va asal 200 gr. grek yongʻogʻini hovonchada tuyib, un shakliga kelgunicha maydalanadi. Soʻng ushbu kukun 500 gr. toza asalga qoʻshiladi va aralashtiriladi. Tayyor massani 1 hafta davomida bir kunda 3-4 choy qoshiqdan isteʼmol qilib turasiz.

7. Chakanda. 300 gr. chakandaning suvini chiqarib oling. Undan ajrab chiqqan sharbat va yogʻga xuddi shuncha zaytun yogʻi qoʻshiladi va bu aralashma ikki hafta davomida salqin joyda saqlanadi. Ovqatdan oldin 1-2 oshqoshiqdan isteʼmol qilasiz.

8. Sabzi, kartoshka, lavlagi, bodring. Har bir sabzavotning  sharbati  125 ml. dan olinib  bir idishga solinadi. Ushbu suyuqlik bir kunda 2 osh qoshiqdan ichiladi. Ammo shuni aytish lozimki, suyuqlik ichilayotgan vaqtda goʻsht va baliq mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarni isteʼmol qilish mumkin emas.

9. Dengiz karami. Dengiz karami qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi natijasidagi kasallikning yengil formalarini tuzatishda xalq tabobatida ishlatiladi. Buning uchun quritilgan dengiz karami maydalanadi. 1 choy qoshiq maydalangan dengiz karamini qaynatilgan suv bilan bir kunda 3 marta ovqatdan oldin ichiladi. Muolaja 30 kun davom etadi.

10. Xurmo. Uni bir kunda 1 donadan yeyish ham boʻqoq kasalligini oldini olishda, davolashda qoʻl keladi.

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.