Boʻyin deformatsiyasining kelib chiqish sabablari

0
677
marta koʻrilgan.

Boʻyin qiyshiqligi — boʻyin deforasiyasi boʻlib, bunda bosh bir tomonga egilgan boʻladi.

Bu suyak, mushak va asab toʻqimalarining holati buzilganligidan dalolat beradi.

Boʻyin qiyshiqligi tuma va orttirilgan boʻladi. Juda koʻp uchraydigan tugʻma boʻyin qiyshiqligi dardi koʻpincha qizlarda uchraydi. Odatda boʻyin qiyshayishi oʻng tomonda rivojlanadi. Kasallik rivojlanishiga tugʻish jarayonidagi shikast va boʻyin mushaklari rivojlanishidagi patologiya sabab boʻladi. Afsuski tugʻma boʻyin qiyshiqligini tugʻruqxonaning oʻzida bilish juda qiyin. Faqatgina ayrim holatlarda u chaqaloq hayotining birinchi kunlarida aniqlanadi. Bola oʻsgan sari boʻyinning kasal tomoni rivojlanishi sogʻ tomondan ortda qolib, chaqaloq uch haftaligida boshini faqat bir tomonga qaratayotgani aniq seziladi.
Aasoratlari. Agar vaqtida davolanmasa, borgan sari bolaning yuzi assimetriyaga uchraydi, bosh doim bir tomonga qaragani sababli yuz suyaklari qiyshiq rivojlanadi va gʻilaylik vujudga kelishi mumkin. Bola 6-7 yoshga yetganda uning nafaqat boshida, balki umurtqasida ham qiyshiklik aniq koʻrinadi.

Davolash. Agar tashxis vaqtida qoʻyilsa, kasallik asoratsiz davolanishi mumkin. Chaqaloqning ilk kunlaridan boshlab unga maxsus massaj qilinishi, boshini boʻyinning kasal tomoniga qaratib yotqizish shart. Bola katta boʻlgan sari boshini sogʻ tomonga qaratishga oʻzi harakat qiladi, unda boshiga qattiq yostiq tirab bunga yoʻl hoʻymaslik lozim.
Fiziomulojalar, maxsus gimnastika hamda uyda massaj qilish maqsadga muvofiq boʻladi.

Davolanish toʻgʻri va vaqtida amalga oshirilsa, koʻpincha bola bir yoshga toʻlguncha qiyshiqlik toʻgʻirlanadi. Agar asorat qolsa, u holda plastik operatsiya oʻtkazishga toʻgʻrikeladi. Operatsiyadan soʻng bola 2 oygacha maxsus boʻyin ushlagich taqib yurishi maqsadga muvofiq boʻladi.

Dardning boshqa shakllari ham uchraydi:Neyrogen shakli — boʻyin paralichi natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik. Teri shakli — boʻyin lat yeyishi yoki qattiq kuyishi natijasida vujudga keladi. Suyak shakli — boʻyin umurtqachalarining nuqsoni natijasida rivojlanadi.
Shikast shakli — umurtqa shikastlanishi natijasida vujudga kelishi mumkin.
Refleks shakli esa quloq va jagʻ kasalliklari natijasida paydo boʻladi.

Boʻyin qiyshiqligi alomatlari: bola boshini bir tomonga qayiltiradi, ikkinchi tomonga kamdan kam hamda chala qayiltiradi.  Boshini biroz orqaga tashlanib turadi.  Yuz tuzilishida assimetriya kuzitiladi.  Bola yotganida tanasining bir qismi ikkinchisidan koʻra balandroq turadi.  Yelka bilan boʻyin orasida bir tomonda chuqurlik shakllanadi.  Ushbu alomatlar baʼzida nevrologik patologiya — boʻyish mushaklarining gipertonusida ham kuzatiladi..

Boʻyin qiyshiqlikning asosiy sabablari: Homiladorlik davrida bola bachadonda notoʻgʻri joylashgani, homiladorlik paytida homila boʻyni mushaklarining yalligʻlanishi, tugʻish jarayonida boʻyin shikkastlanishi,
bolaning oʻsishi davomida boʻyin mushaklarining notoʻgʻri rivojlanishi.
Tugʻilayotganida dumbasi bilan kelgan bolalarga ayniqsa eʼtiborli boʻlish kerak.

Soliyjon BEKCHANOV, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.