Brokkoli karami sabzavotlar orasida eng foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi

0
452
marta koʻrilgan.

Brokkoli karami  – karamdoshlar oilasiga mansub, bir yillik oʻsimlik boʻlib, gulkaramning oʻzgargan turi hisoblanadi. Uning vatani Janubiy Italiya  boʻlib, qadimgi Rimda 2 ming yil oldin ham yetishtirilgan.

Mamlakatimizda brokkoli  sabzavot keyingi paytda  supermarket hamda bozorlarda sotilmoqda. Ushbu sabzavot gulkaramdan ertapisharligi,  sovuqqa chidamliligi, yetishtirish osonligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning gul toʻplamlari gulkaramnikiga oʻxshash, lekin rangi toʻq yashil siyohrang, koʻk va ayrim navlari oq tusli boʻlishi mumkin.

Tarkibida koʻplab ozuqa moddalari mavjud. Gulkaramga qaraganda brokkolida mineral tuzlar deyarli 2 marta koʻproq boʻladi.

Brokkoli tarkibida vitaminlar, pektin va yumshoq kletchatkani, xolin hamda metionin moddalarini, shuningdek, mineral tuzlar va boshqa biologik faol moddalari mavjudligi turli yoshdagi insonlar uchun juda muhim parxez mahsulot ekanligidan dalolat beradi. Uning mahsulotidan nurlanish kasalliklarini davolashda samarali foydalanish mumkin.

Karamning bu turi  boshchalari tarkibida yodning biologik shakllari mavjud boʻlib, u qalqonsimon bezga bu elementni radioaktiv izotoplarini tushishiga toʻsqinlik qiladi. Shakllangan, isteʼmol uchun tayyor karam boshchalaridagi changlar tibbiyotda qimmatli davolash mahsuloti sifatida ishlatiladi.

Brokkoli yosh bolalar, homilador ayollar hamda aterosklerozga moyil boʻlgan keksalar uchun juda foydalidir.

Undan sogʻlom soch tolalarini tiklashda, teri va suyak toʻqimalarini mustahkamlashda isʼtemol qilish yaxshi samara beradi.

Shoira  BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.