Chakanda (oblepixa) li choy darmondorilar bilan taʼminlaydi va anemiyaning oldini oladi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi.
Uning mevalari A, C, H, PP, E, B1, B2, B3, B6, B9 kabi vitaminlarga boy. Shuningdek, shakar, oqsil va taninlar, pektinlar, organik kislotalar, fitonsidlar mavjud. Mevalarida salomatlikka yaxshi taʼsir koʻrsatadigan temir, kalsiy, magniy, natriy, kaliy, fosfor kabi mikro va makro elementlar ham mavjud.
Choy tayyorlash uchun chakandaning quritilgan mevalaridan bir choyqoshiq olib, ustidan bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir yarim soatga damlab qoʻyiladi. Soʻng dokadan suzib, iliq holida 5 oylikdan oshgan bolaga ovqatlantirishlar oraligʻida bir osh qoshiqdan ichiriladi.
Fazilat SAʼDULLAYEVA, farmatsevt