Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?

0
551
marta koʻrilgan.

Koʻpchilik yosh onalar “Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?” deb soʻrashadi. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʻra koʻkrak suti balan parvarishlanayotgan bolalarga 6 oylik boʻlgunlaricha suv ichirmasa ham boʻladi.

Chunki barcha kerakli suyuqlikni goʻdak ona sutidan oladi. Sunʼiy aralashmalar berib boqilayotgan bolaga ovqatlanishlar oraligʻida 20-30 millilitr (bir oshqoshiq) suv berish mumkin.

Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oraligʻida, yaʼni kun davomida bir oylik chaqaloqlarga uch qoshiqdan, 3 oylikkacha boʻlganlariga 3-6 oshqoshiqdan, yarim yoshgacha 6-12 oshqoshiqdan, 6 oylikdan 1 yoshgacha 1 stakandan koʻp suv bermaslik kerak. Bolaga beriladigan suv toza, uzoq turib qolmagan, gazsiz boʻlishi kerak.

Tabiiy-ki, bunda goʻdak organizmining suvga ehtiyoji ham hisobga olinadi. Goʻdakka suvni majburlab ichirish kerak emas. Oʻzi qancha hohlasa shuncha ichsin, lekin meʼyordan oshmasin.

Endi koʻpchilik yosh onalar bola organizmida  suvsizlanish alomatlarini qanday aniqlash mumkin deb soʻrashadi? Organizm suvsizlanganida goʻdak lanj boʻlib qoladi, yigʻlashga ham madori boʻlmaydi. Bunday vaqtda bolada peshob miqdorining kamayishi, lablari qurishi, liqildogʻi choʻkishi, teri bujmayishi, uyquchanlik, qoʻl va oyoqlarning sovib, oqarishi, puls (tomir urishi) susayishi, koʻzlar ich-ichiga botishi kabi holatlar roʻy beradi. Shu singari belgilar kuzatilganda bolaga darhol suv ichirish kerak.

Organizm suvsizlanganda shifokor koʻrigi albatta, zarur. Goʻdakka birdaniga koʻp suyuqlik bera koʻrmang, aks holda bu uning buyraklariga ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa yoz oylarida kichkintoyingizni suvsizlanib qolishidan ehtiyotlang.

Iroda Bekchanova,  vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.