ChILIM CHEKISH: ZARARI VA OQIBATLARI 

0
2476
marta koʻrilgan.

Keyingi paytlarda tungi bar, kafe va restoranlarda kalyan, yaʼni, chilim chekish urf boʻlib bormoqda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga qaraganda, chilim chekish inson salomatligiga putur yetkazishi, uning zarari sigareta chekishdagidan kam emasligi aniqlangan. Chekish paytida ichga tortilgan tutun tarkibida zaharli moddalar boʻlib, ular oʻpka saratoni, yurak qon-tomir va boshqa bir qancha kasalliklarning paydo boʻlishiga olib keladi. Oʻrtacha meʼyordagi chilim chekilganda siydikdagi nikotin darajasi 73 barobarga, katonin moddasi – 4 barobarga, oʻpka va oshqozon osti bezi saratoni keltirib chiqaruvchi tamaki nikotini – 2 barobarga koʻtariladi. Bundan tashqari, benzol va akrolenning parchalanishidan hosil boʻladigan moddalar saraton va oʻtkir respirator kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Bir necha yillar davomida faqat chilim chekib, koʻp miqdorda tamaki isteʼmol qilgan odamlarning saraton kasaliga uchrash darajasi katta. Bir marta kalyan chekish davomida tanaga tushadigan zararli moddalar 60 ta sigareta chekishdagi zararli moddalar miqdoriga teng boʻlar ekan.

Qozogʻiston Respublikasi tungi bar, kafe va restoranlardagi chilim uskunalarini tekshirib, unda kasallik chaqiruvchi moddalarni topdi va chilim chekishni qonun bilan taqiqladi. Chilimdan ehtiyot boʻling.

Oliy toifali vrach Sh. Bekchanova tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.