Choy bola organizmida  temir oʻzlashtirilishini susaytiradi

0
61
marta koʻrilgan.

 Goʻdaklarga kraxmalli va qandolat mahsulotlari,  pishiriqlar hamda rang berilgan tayyor shirin suvlarni berish mumkin emas.

“Bir yarim yoshdan oʻtgandan keyin ham soʻrgʻichli shishadan suv ichadigan,  kraxmalli va shirin mahsulotlarni isteʼmol qiladigan bolalarda tish kasalliklari ehtimoli keskin oshadi”, deyiladi Amerika pediatriya akademiyasi maʼlumotlarida.

Bolaning dastlabki tishlari  yorib chiqqach, yumshoq tish choʻtkasi bilan yoki toza mato bilan milki birla tozalab turing. Bu massaj vazifasini ham bajaradi.

Shuningdek, farzandingizni bir yoshdan piyolada suv ichishga oʻrgating. Soʻrgʻichli shishadan esa faqatgina ovqatlanish vaqtida foydalanishini nazorat qiling. Suv ichishga ehtiyoj boʻlmaganda soʻrgʻichli shisha idishni soʻrib yurishi maqsadga muvofiq emas.

Shuningdek, goʻdakka choy bermang! Hatto, suyuq damlangan choy ham bola organizmida  temir oʻzlashtirilishini susaytiradi va temir tanqisligiga moyillik paydo boʻladi va kamqonlik kasalligiga olib keladi. Suv oʻrniga turli meva kompotlarini berishingiz mumkin.  Kompotlar yangi tayyorlangan, xona iliqligida va qand, shakar, navvot kabi shirinliklarsiz boʻlishi lozim.

Bolaga ovqatlantirish davomida tez-tez suyuqlik berib turing, biroq, juda koʻp suyuqlik ichishi shart emas. Ortiqcha suyuqlik bolaning buyragiga bosim oʻtkazadi. Harorati koʻtarilganda, ich ketishida va xona harorati yuqori boʻlganda suvni koʻproq ichishi maqsadga muvofiq.

Bolangizning salomatligi sizning qoʻlingizda shuni unitmang!

Fazilat Saʼdullayeva tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.