Dori ichmayman,  deb xarxasha qiladigan bolalar uchun…

0
122
marta koʻrilgan.

Zanjabil (imbir) shamollash va yalligʻlanishga qarshi samarali vosita boʻlib, tarkibida kalsiy, alyuminiy, xrom, temir, magniy, nikotin kislotasi, fosfor, kremniy, kaliy, S vitamini mavjudligi tufayli turli kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi.

Undan tayyorlangan choy va malhamlar yoʻtal, angina. nafas yoʻllari kasalliklari davolashda, haroratni pasaytirishda, immunitetni kuchaytirishda, ishtahani ochishda foyda beradi.

Dori ichmayman,  deb xarxasha qiladigan bolalar uchun ushbu foydali oʻsimlikdan xoʻrazqand tayyorlab berishingiz mumkin.

Tayyorlash: Malham-shirinlikka – 300 gr. asal, 1 choy qoshiq zanjabil tolqoni, yarim osh qoshiq limon sharbati kerak boʻladi. Asal va zanjabil tolqonini idishga solib, past olovda ikki soat davomida qaynating. Qiyom tayyor boʻlganini tekshirish uchun bir tomchisini sovuq suvga tomizib koʻring. U darrov qotadi.

Maromiga yetgan boʻlsa, limon sharbatini ham solib, tayyor aralashmani sariyogʻ

surtilgan qolipchalarga quyib chiqing va olish oson boʻlishi uchun tishkavlagich suqib qoʻying. Bu injiq bola uchun ham malham ham konfet.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.