Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining hisobotiga koʻra, dunyo boʻylab har kuni oʻrtacha 830 nafar ayol homiladorlik va tugʻruqdan keyingi asoratlar tufayli vafot etadi. 1990 yildan 2015 yilgacha boʻlgan davrda dunyoda onalik oʻlimi 44 foizga kamaygan boʻlsa-da, koʻrsatkichlar hali ham quvonarli darajada emas.
Onalik oʻlimining 99 foizi kam daromadli davlatlar, xususan yarmidan koʻpi Afrika qitʼasi mamlakatlari va uchdan biri Janubiy Osiyo mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Bunday holat ayniqsa 15 yoshgacha, yaʼni voyaga yetmagan qizlar oʻrtasida koʻp uchraydi.
Onalik oʻlimi aksariyat hollarda oʻz vaqtida toʻgʻri tibbiy xizmat koʻrsatilmagani bois sodir boʻladi. Agar oʻz vaqtida malakali tibbiy xizmat koʻrsatilsa, ham ona, ham bola jonini saqlab qolish mumkin.
Onalik oʻlimining 75 foizi quyidagi sabablar tufayli sodir boʻladi:
- Koʻp qon ketishi (koʻpincha tugʻruqdan soʻng);
- Organizmga infeksiya tushishi (koʻpincha tugʻruqdan soʻng);
- Homiladorlik davriga yuqori qon bosimi ostida yurish;
- Tugʻruqni asoratli kechishi;
- Notoʻgʻri amalga oshirilgan abort.