Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bugun dunyoda maktab yoshidagi bolalar va oʻsmirlar salomatligi bilan bogʻliq asosiy muammolar roʻyxatini tuzdi. Unga koʻra, maktab yoshidagi bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida quyidagi muammolar eng koʻp tarqagan:
- Maktab yoshidagi bolalar va oʻsmirlarda vitamin A va yod moddasi yetishmasligi holatlari koʻp uchraydi.
- Maktab yoshidagi bolalar oʻrtasida eng koʻp uchraydigan kasalliklardan yana biri bu gijja va boshqa parazit kasalliklaridir.
- Maktab yoshidagi bolalar va oʻsmirlar oʻlimi turli tasodifiy tan jarohatlari oqibatida yuzaga keladi.
- 25 million oʻsmir tamaki chekadi, ularning har 10 tasidan bittasi qiz bolalar hisobiga toʻgʻri keladi.
- 15-29 yoshdagi oʻsmir va yoshlar oʻrtasidagi oʻlimning 5 foizi alkogol ichimliklar isʼtemol qilishi natijasida sodir boʻlyapti.
- Baʼzi davlatlarda OITS bilan kasallanayotgan kishilarning 60 foizi 15-29 yoshdagi yoshlar hisobiga toʻgʻri keladi.
- Avvallari semizlik asosan yuqori daromadli mamlakatlarda koʻproq uchragan boʻlsa, keyingi yillarda semizlik kam daromadli davlatlarda ham koʻpayib bormoqda. Masalan, 5-19 yoshdagi bolalar va oʻsmirlar soni 1975 yildagi 11 milliondan 2016 yilda 124 millionga yetgan. 2000 yildan beri Afrika qitʼasida 5 yoshgacha boʻlgan ortiqcha vaznlik bolalar soni 50 foizga oshgan. Osiyo qitʼasida esa 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning deyarli yarmi ortiqcha vaznga ega.
Agar maktablar, sogʻliqni saqlash muassasalari va jamoat joylarida oʻsmirlar, yoshlar va ota-onalar oʻrtasida zararli odatlarga qarshi targʻibot-tashviqot olib borilsa, umuman yoshlar salomatligini asrash boʻyicha samarali dasturlar joriy etilsa, yuqoridagi barcha dardlarni oldini olsa boʻladi.