Dunyoda har yili 600 million kishi ovqatdan zaharlanadi

0
510
marta koʻrilgan.

Har yili dunyoda 600 million, boshqacha aytganda har oʻntadan bir odam har xil bakteria, virus, parazit yoki kimyoviy moddalarning organizmga tushishi natijasida zaharlanib, kasallanadi. 420 ming kishi yesa zaharlanish natijasida diarreya kasalligigi uchrab, vafot etadi, deb hisobot beradi Sogʻliqni Saqlash Butunjahon Tashkiloti. Ovqatdan zaharlanayotgan kishilarning 40 foizi 5 yoshdan kichik boʻlgan bolalarga toʻgʻri keladi. Har yili 5 yoshdan kichik boʻlgan 125 ming bola vafot etadi.

Bu esa mamlakat iqtisodiyotiga ham, hususan kam va oʻrta daromadli davlatlar iqtisodiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Aniqroq aytganda, ishchilar, xodimlarning ovqatdan zaharlanib, kasallanishi yoki vafot etishi natijasida ish joyidagi ish samaradorligiga salbiy taʼsir etib, iqtisodiyotga dunyo boʻyicha oʻrtacha 95 milliard AQSH dollari miqdorida ziyon yetkazadi.

Oziq ovqat isteʼmol qilishda quyidagi oddiy sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish ovqatdan kasallanish oldini anchagina oladi:

  • qoʻlni, mahsulotlarni yuvib yeyish;
  • xom tuxum, sut, goʻshtli mahsulotlarni pishirishda ishlatilgan idish tovoqlarni yaxshilab yuvish;
  • xom goʻshtli mahsulotlarni muzlatgichda boshqa oziq-ovqatlardan alohida saqlash;
  • tuxum, sut, baliq, parranda va boshqa goʻshtli masulotlarni yaxshilab pishirib isteʼmol qilish;
  • pishgan ovqatni xona temperaturasida 2 soatdan ortiq saqlamaslik.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.