Ayollar yoshrok, goʻzalroq koʻrinish uchun yuz terilarini parvarishlashda turli xil krem va niqoblardan keng foydalanadilar.
Hatto, jarrohlik yordamidan ham qaytmaydilar. Ushbu usullar bilan karilikni ortga surishga intiladilar. Lekin erta karishga sabab boʻluvchi baʼzi oddiy va oʻta zaruriy narsalarni unitadilar:
Iyakni tik tutmaslik. Iyakni tik tutish boʻyin atrofiga erta ajin tushishini oldini oladi.
Suvsizlik. Choy, kofe, gazlangan suv kabi ichimliklarning xech biri tanada suv muvozanatini ushlab turishda ishtirok etmaydi. Och qoringa 2 stakan sof suv ichish tanani suvsizlikdan saqlanishga yordam beradi. Ayniksa ovkatlanish oldidan suv ichish yaxshi samara beradi.
Uykusizlik. Kam uxlash ham goʻzallikka, sogʻlikka zararlidir. Tungi uyki tanadagi kollagen mikdorini tiklanishiga yordam beradi, uykusizlik esa tanadagi kollagen mikdori yetishmasligiga olib kelib, karishni ikki xissa tezlashtiradi.
Xafakonlik. Xayotda uchraydigan koʻngilsizliklarga kamrok eʼtibor berish lozim, chunki koʻp noliydigan, hamma narsadan xafa boʻlaveradigan inson xech kachon goʻzal kurinmaydi. Xursand boʻlishga sabab topa biling. Zero, hayot goʻzal, uni xis kila olgan inson oʻz chiroyini asraydi.
Uzoq vaqt harakatsiz oʻtirish. Kompyuter va televizor karshisida koʻp vakt harakatsiz oʻtirish koʻplab kasalliklarga sabab boʻladi va erta qarishga olib keladi. Buni oldini olish uchun maxsus jismoniy mashqlar bajarishni odat qilish lozim.
Yuzdagi krem va niqoblarni yuvmasdan uxlash. Yuzdagi yuvilmagan kremlar yuz terisiga salbiy taʼsir koʻrsatib, uning nafas olishiga va kayta tiklanishiga tusiqlik qiladi. Kuz atrofidagi yuvilmagan buyoklar esa koʻz atrofidagi nozik terilarni qurib, ajin tushishiga sabab boʻladi.
Fazilat SAʼDULLAYEVA tayyorladi.