Erta ajin tushishning oldini olishga oid maslahatlar

0
132
marta koʻrilgan.

Ayollar yoshroq, gzalroq krinish uchun yuz terilarini parvarishlashda turli xil krem va niqoblardan keng foydalanadilar.

Hatto,  jarrohlik yordamidan ham qaytmaydilar. Ushbu usullar bilan qarilikni ortga surishga intiladilar. Lekin erta qarishga sabab boʻluvchi baʼzi oddiy va oʻta zaruriy  narsalarni unitadilar. Masalan:

Iyakni tik tutmaslik. Iyakni tik tutish boʻyin atrofiga erta ajin tushishini oldini oladi.

Suvsizlik. Choy, kofe, gazlangan suv kabi ichimliklarning xech biri tanada suv muvozanatini ushlab turishda ishtirok etmaydi. Och qoringa 2 stakan sof suv ichish tanani suvsizlikdan saqlanishga yordam beradi. Ayniqsa, ovqatlanish oldidan suv ichish yaxshi samara beradi.

Uyqusizlik. Kam uxlash ham goʻzallikka,  sogʻlikka  zararlidir. Tungi uyki tanadagi kollagen mikdorini tiklanishiga yordam beradi, uyqusizlik esa tanadagi kollagen mikdori yetishmasligiga olib kelib, qarishni ikki hissa tezlashtiradi.

Xafaqonlik. Xayotda uchraydigan koʻngilsizliklarga kamrok eʼtibor berish lozim, chunki koʻp noliydigan, hamma narsadan xafa boʻlaveradigan inson xech qachon goʻzal kurinmaydi. Xursand boʻlishga sabab topa biling. Zero, hayot goʻzal, uni  his qila olgan inson oʻz chiroyini asraydi.

Uzoq vaqt harakatsiz tirish. Kompyuter va televizor qarshisida koʻp vakt harakatsiz oʻtirish koʻplab kasalliklarga sabab boʻladi va  erta qarishga olib keladi. Buni oldini olish uchun maxsus jismoniy mashqlar bajarishni odat qilish lozim.

Yuzdagi krem va niqoblarni yuvmasdan uxlash.  Yuzdagi yuvilmagan kremlar yuz terisiga salbiy taʼsir koʻrsatib, uning nafas olishiga va qayta tiklanishiga toʻsiqlik qiladi. Kuz atrofidagi yuvilmagan buyoklar esa koʻz atrofidagi nozik terilarni qurib, ajin tushishiga sabab boʻladi.

Eng asosiysi dunyo tashvishlariga, arzimagan koʻngilsizliklarga koʻp kuyinavermang.  Vaqt oʻtib buni oʻzingiz ham anglaysiz. Hech narsa sogʻlikdan afzal emas.

Fazilat SAʼDULLAYEVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.