Estrogen gormoni qalqonsimon bez xastaligi bilan bogʻliq

0
20885
marta koʻrilgan.

Inson organizmidagi har bir gormonning oʻz vazifasi bor. Ayollarda uchraydigan estrogen gormoni  oʻz navbatida farzand koʻrish qobiliyatini yuzaga keltiradi va ayol jinsiga monand qomat, hulq-atvor va nafosatni belgilaydi.

Estrogen gormonining kamayib ketishi asosan, qalqonsimon bez xastaligi bilan bogʻliq muammolardan biridir. Chunki, ushbu aʼzo orqali butun tana boshqariladi va gormonlar faoliyatiga ham masʼul. Bu gormonning kamayib ketishi asosan qirq yoshdan oshgan ayollarda koʻp uchraydi. Kam boʻlsada, balogʻat yoshidagi qiz bolalar organizmida ham roʻy berishi kuzatiladi.

Gormonal buzilishlar oʻz navbatida organizm uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Buning uchun avvalo, gormonal balansni meʼyorga keltirish lozim. Bu borada endokrinolog vrach bilan maslahatlashish kerak.

Kasallikni oʻz vaqtida davolash bemorning tezda tuzalishiga turtki boʻladi. Oʻz navbatida kerakli dori-darmonlarni shifokor belgilaydi hamda ovqatlanish ratsioniga qoʻshimcha ravishda kerakli mahsulotlarni tushintiradi.

Dukkakli oʻsimliklar tarkibida estrogen gormoniga oʻxshash modda fitoestrogen koʻp miqdorda boʻlib, organizmda gormonal balansni bir maromda ushlashda yordam beradi. Jumladan, mosh, loviya, noʻxat, grechixa, soya, guruch, oʻrik, kunjut, karamning barcha turlari va koʻkatlar gormonal balansni moʻtadillashtiradi. Bemor davolanish bilan birgalikda parhez qilishi ham katta ahamiyatga ega. Sut mahsulotlari, tuxum, pomidor, qovoq va sabzavotlarni koʻproq isteʼmol qilishi zarur. Ushbu mahsulotlar tarkibida foliy kislotasi, vitamin S, K koʻp miqdorda boʻlib, gormonal oʻzgarishlarni bir maromda saqlashda yordam beradi.

Shoira  BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.