Yuz terisining goʻzalligi uchun: 1 choy qoshiq limon sharbati; 2 osh qoshiq qirgʻichdan oʻtkazilgan xom kartoshka; 0,5 choy qoshiq smetana; oʻsimlik moyi. Ushbu niqob yuzni taranglashtiradi, oziqlantiradi hamda oqartiradi.
Qorin ogʻrigʻida piyozni choyga qoʻshib ichish foydali: 1ta bosh piyoz; 1 stakan choy. Tayyorlash va qoʻllanilishi: Piyozni koʻndalang kesib oling, lekin toʻliq emas, chunki u parchalanib ketishi mumkin. Piyozni bir stakan issiq choyga soling va uni 5-10 daqiqaga qoldiring.
Ovqat oldidan salat isteʼmol qiling. Olimlar tadqiqotiga koʻra, salatni ovqatdan avval tanovul qilish maʼqul. Ovqatdan keyin isteʼmol qilingan miqdorga qanday taʼsir qilishi sinab koʻrildi. Maʼlum boʻlishicha, 150 gramm miqdoridagi eng yengil salat tushlikdagi kaloriya miqdorini 7 foizga, 300 gramm qismi esa 12 foizga kamaytirishga yordam beradi.
Toʻyib, boʻkib ovqatlanmaslik uchun mayonez, pishloq yoki boshqa yogʻli ovqatlar oʻrniga, barra sabzavot va koʻkatlar qoʻshilgan taomni tanlang.
Qanday qilib yuzingizni yosh saqlashingiz mumkin? 3 osh qoshiq pishirilgan guruchni maydalab, bir osh qoshiq sut va bir osh qoshiq asal qoʻshing. Yuzingizni yuving va ushbu niqob surting. Niqobni yuzingizda 20 daqiqaga qoldiring. Jarayonni haftada 2 marta takrorlang.
Fazilat Saʼdullayeva, farmatsevt