Gilosning shifobaxsh xususiyatlari

0
2498
marta koʻrilgan.

Ayni pallada gilosning yetilib pishgan payti. Jamiki mevalarning sultoni deb aytsa arziydi.  U shifobaxsh meva boʻlish bilan birga erta bahorda gʻuj-gʻuj boʻlib ochilgan gullari  ila dillarni yayratadi, xush kayfiyat  armugʻon qiladi. Yaltiroq barglari esa insonga zavq-shavq bagʻishlaydi va u  qishga yopiladigan tuzlamalarga ishlatiladi. Chunki, antiseptik xususiyatga ega.

Erta pishar gilos may oyida yetiladi. Gilosning toʻq qizil va sariq navlari bor. Gilos quvvat bagʻishlovchi neʼmat sifatida tavsiya etiladi. Gulidan bot kasalligini davolashda foydalaniladi. Gilos qaynatmasi yoki kampoti isitma tushiruvchi, shamollashda quvvat bagʻishlovchi vosita sifatida tavsiya etiladi.

Koʻz oʻtkirligining pasayishida har kuni 300 gr yangi uzilgan gilos isteʼmol qilish kerak

Gilos mevasida 19,2 % qand 1,3% organik kislotalar, pektin, V1, V2, RR, S vitaminlari, koratin, kaliy, magniy, fosfor, temir tuzlari bor. Urugʻida 30% ga qadar moy, 1% efir moyi mavjud.

Yangi va quritilgan mevalari ich surish xususiyatiga, gullari va barglaridan tayyorlangan malhami yaralarga, sepkillarga qoʻyiladi. 5 osh qoshiq quritilgan gilos mavasiga 4 stakan qaynoq suv quyiladi, 4-6 soatga damlanadi va soʻngra suziladi. Kuniga 3-4 mahal 1 stakandan ovqatdan oldin, ishtaxani ochish uchun umumiy quvvat bagʻishlovchi vosita oʻrnida ichiladi. 2 osh qoshiq quritilgan gilos ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi, 15 daqiqa past olovda qaynatiladi, tindirib suziladi. Sutkasiga 3-4 mahal 0,5 stakandan siydik yoʻlidagi tosh kasalliklarida ichiladi.

Gijjadan forigʻ boʻlishda ham qoʻllaniladiYarim litr suvda 25 gr gilos damlanadi. Damlanma tushlikdan oldin 20-30 kun davomida ichiladi.

Ichburugʻi dardiga ham davo boʻlib, 100 gr gilos 3,5 st. Oʻtkir qizil vino bilan aralashtiriladi. Quyosh ostida 2 kun tindiriladi. Kattalarga 1 stakandan, kichiklarga 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahaldan ichiladi.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.