Goʻdak shamollaganda

0
447
marta koʻrilgan.

Goʻdak shamollaganda uy sharoitida xalq tabobati usuli bilan ham yordam koʻrsatish mumkin. Buning uchun albatta vrach bilan maslahatlashib oling.

Joʻka (lipa) li choy shamollash, yalligʻlanishga qarshi va siydik haydovchi taʼsirga ega. Bunday choy tayyorlash uchun lipa gullarining bir choyqoshigʻi ustidan bir stakan qaynoq suv quyilib, yarim soatga damlab qoʻyiladi. Soʻng dokadan oʻtkazilib, iliq holida 4 oylikdan oshgan bolaga kuniga bir necha mahal taʼbiga qarab berish mumkin.

Chakanda (oblepixa) li choy avitaminoz va anemiyaning oldini oladi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Bunday choyni tayyorlash uchun chakandaning quritilgan mevalarini bir choyqoshigʻining ustidan bir stakan qaynoq suv quyib, bir yarim soatga damlab qoʻyish kerak. Soʻng dokadan suzib oʻtkazib, iliq holida 5 oylikdan oshgan bolaga ovqatlantirishlar oraligʻida bir oshqoshiqdan ichiriladi.

Ochilova Xolida, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.