Goʻdaklarda mushak gipertonusi

0
920
marta koʻrilgan.

 Mushak gipertoniyasi mushak tonusining buzilishidir. Bunda mushak tonusi oshgan boʻladi va bola tugʻilishi bilan yuzaga keladi. Sababi, uning mushaklari haddan ortiq tarang va siqilgan boʻladi. Natijada chaqaloqda koʻpincha sababsiz bezovtalik kuzatiladi. Bola yigʻloqi boʻladi, uyqu buziladi, iyaki qaltirashini kuzatish mumkin.

Bola uyqu paytida ham boʻshashmaydi, qoʻllarini bukib, koʻkragiga mahkam bosib, oyoqlarini qorniga olib borib, mushtini mahkam siqib uxlaydi. Goʻdakning mushtini silab-siypab ehtiyotkorlik bilan ochish mumkin. Goʻdakning qoʻl va oyoqlarini bukib-yozganda yaqqol ifodalangan qarshilik seziladi. Tayanch refleksi tekshirilganda bola butun oyoq kaftiga tayanib turmasdan, oyoq barmoqlari uchida turadi. Ushbu holatlar 1,5 oydan ortiq vaqt davomida saqlanib turadi. Ushbu holat meʼyoriy boʻlib, 1,5 oylarga borib yoʻqolishi kerak.

Orqasi bilan yotqizilgan goʻdakni qoʻllaridan ushlab oʻzingizga qarata tortganingizda u qoʻllarini umuman yozmasdan, butun tanasi bilan ergashib tortiladi. Qornini kaftingizga qoʻyib yuzini pastga qilib koʻtarganingizda goʻdak boshini tanasi bilan bir chiziqda ushlab turadi. Bunday bolalar tugʻilishlari bilanoq boshini vertikal holatda ushlab tura oladilar. Mushak tonusining oshishi tananing ikki tomonida ham, shuningdek ayrim holatlarda esa, faqat bir tomonning oʻzida ham kuzatilishi mumkin.

Gipertonus goʻdakning harakatlari rivojlanishi surʼatini sekinlashtirishi etimoli borligi bilan xavflidir. Agar oʻz vaqtida davo choralari koʻrilmasa, bunday bola muddatidan kechroq oʻtirishi, emaklashi va yurishi mumkin. Harakat paytida tez charchaydi. Yurayotganda esa ogʻirlik markazini yaxshi boshqara olmaydi. Gipertonus bolaning umumiy ahvoliga ham salbiy taʼsir etadi, uyqu buziladi, tez-tez yegan ovqatini qayt qiladi.

Fazilat SAʼDULLAYEVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.