GOʻDAKLARGA MASSAJning foydalari

0
683
marta koʻrilgan.

 Massaj bolajonlar uchun eng foydali tabiiy malham boʻluvchi jarayondir. Cuv muolajasini xush koʻradigan bolajonlar uchun suvli vannada  uqalash ham eʼtiborga molik.

Sogʻlom goʻdaklar  uchun olti haftaligidan massajni boshlash mumkinligini mutaxassislar  tavsiya kilishadi.

Massaj bolani asab va mushak tizimi, ichki azolari, teridagi barcha nuktalariga foydasi bekiyosligi olimlar tomonidan isbotlangan.

Sunʼiy ovkatlantiriladigan bolalarda rivojlanish orqada qolayotgan boʻlsa, vazn yetishmasligi yoki ortiqchaligida, immunitetni koʻtarishda yordam beradi.

Mushaklar tonusi yaxshilanadi, kuchi va elastikligi oshadi. Bugʻimlar egiluvchanligi kuchayadi, bola organizmining himoya kuchi oshadi. Harakatlari, kuch-quvvati yaxshi rivojlanadi.

RAXIT kasalligining oldini oladi. Massaj moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish tizimi yaxshilanadi, ich qotishi, dam boʻlishi, ichak ogʻriqlarining oldi olinadi. Massajdan keyin qon yaxshi aylanashi natijasida bolaning miyasiga koʻp kislorod yetib boradi, Natijada bolada aqliy rivojlanish kuchayadi.

Shoira BEKCHANOVA,  tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.