Goʻdaklarni uqalash (massaj) muolajasi haqida soʻz

0
567
marta koʻrilgan.

Goʻdakda  boʻyin qiyshiqligi, yassioyoqlik, tos suyaklaridagi va umurtqadagi tugʻma nuqsonlar aniqlangan boʻlsa, uqalash eng yaxshi davo chorasi hisoblanadi.

Baʼzi yangi tugʻilgan chaqaloqlarda gipertonus, oyoq va qoʻl barmoqlarining bukilishida muammolar kabi nevrologik xastaliklar kuzatilganda, pediatr tomonidan davolovchi uqalash tavsiya etiladi. Bunday muolajalar uqalovchi hamshira tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Chunki, bola nozik boʻladi. Bilib-bilmay amalga oshirilgan uqalash chaqaloqning sogʻligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mkmkin.

Mutaxassislar fikricha uqalash profilaktik usullardan biri boʻlib, goʻdakning kundalik parvarishiga kirishi shart hisoblanadi. Bunday uqalashni onalar mutaxassis bilan maslahatlashgan holda uy sharoitida amalga oshirishsa boʻladi.

Ushbu muolajani amalga oshirish uchun nimalarni bilish muhim? Profilaktik uqalash bola tugʻilgan kundan boshlab 3 yoshga toʻlguniga qadar davom ettirilgani maʼqul.

Ohista va  toʻgʻri yoʻnaltirilgan profilaktik massaj goʻdakning: jismoniy va ruhiy rivojlanishini taʼminlaydi, oshqozon-ichak faoliyati  va nafas olishining yaxshilanishi, immunitetining kuchayishi, moddalar almashinuvining faollashuviga samarali taʼsir koʻrsatadi. Uqalashdan soʻng bola tanasida qon aylanishi tezlashadi, ishtahasi ochiladi, asablari tinchlanib, yaxshi uxlaydi.

Muolajaga tayyorgarlik: Massaj qilinadigan xona yorugʻ, toza, iliq, yelvizaksiz, havo harorati +22-25 oraligʻida boʻlishi kerak. Uqalash  uchun uydagi eng qulay joy bu  stol usti  boʻlib, unga yumshoq koʻrpacha toʻshang. Orom beruchi bola xush koʻradigan mayin musiqa qoʻyish mumkin. Bola eng yaxshi koʻradigan  bir- ikkita  kichikroq oʻyinchogʻini oldiga qoʻyish maqsadga muvofiq. Bola ovqatlangach, 30- 40 daqiqa soʻng massajni boshlash mumkin boʻladi. Massaj paytida bolaning terisi toza va quruq boʻlsin. Uning terisiga mos boʻlgan yogʻ yoki kremni tayyorlab qoʻying.

Aziz ota-onalar, goʻdak uch yoshgacha   podsho boʻlishini unitmang.

Fazilat SAʼDULLAYEVA tayyorladi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.