Goʻdakning ichi qotganda va qorni dam boʻlganda

0
451
marta koʻrilgan.

Goʻdakning ichi qotganda va qorni dam boʻlganda pediatr bilan maslahatlashgan holda unga giyohli choylar ichirish ham mumkin. Bunda bolaning yoshiga bogʻliq koʻrsatmalarga amal qilish lozim.

Giyohli choylarni ichirishni oz-ozdan boshlab, miqdori sekin-asta koʻpaytiriladi. Umuman, bolalarga duch kelgan giyohli choy ichirishdan avval shifokor bilan maslahatlashgan maʼqul.

Bolaning ichi qotganda va qorni dam boʻlganda moychechakli choy ichirish yordam beradi. Buning uchun moychechak gullarining bir oshqoshigʻi ustidan bir stakan qaynoq suv quyiladi va ustiga qopqoq yopib 1,5 soatga qoldiriladi. Soʻng dokadan suzib oʻtkazilib, bolaga kuniga 3-4 mahal ovqatlantirishdan oldin bir oshqoshiqdan ichiriladi.

Ichak sanchigʻida va ishtaha buzilganida arpabodiyon (fenxel) damlamasi yordam beradi. Bu ichimlik arpabodiyon urugʻlaridan tayyorlanadi. Bir oshqoshiq arpabodiyon urugʻi ustidan bir stakan qaynoq suv quyib ikki soatga damlab qoʻyiladi. Damlama dokadan suzib oʻtkazilgach bir oylikdan oshgan goʻdakka iliq holida ovqatlantirishlar oraligʻida kuniga 3-4 mahal bir desert qoshiqchasida beriladi. Arpabodiyon ovqat hazm boʻlishini yaxshilaydi, oshqozon shirasi ajralishini ragʻbatlantiradi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi. Bu esa ovqat yaxshi hazm boʻlishi va soʻrilishini taminlaydi. Oʻsimlik tarkibidagi moddalar gaz yigʻilishining oldini olib, ularning ichakdan tezda oʻtib ketishiga sharoit yaratadi.

 Gulchehra Shirinova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.