Immunitetni kuchaytirishda ona yurt neʼmatlarining oʻrni

0
809
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston tuprogʻi, unda yetishtirilgan mahsulotlar  oltindanda qimmat hususiyatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Buni ona yurt neʼmatlarining  dorivor hususiyatlarida koʻrishimiz mumkin. Immunitetni koʻtarish uchun ulardan keng foydalanishni tavsiya qilardim. Immuniteti kuchli kishiga dard yuqmaydi.

 Toʻgʻri va oʻz vaqtida ovqatlanish sogʻlom turmush tarzining bir yoʻnalishidir. Sabzavot, meva va damlamalardan, jumladan  yalpiz, naʼmatak, qalampirmunchoq qaynatmalaridan va turli mevalarning qoqi qaynatmasini tez-tez isteʼmol qilish muhim.                   

Kundalik hayotimizdan oʻrin olayotgan chet eldan kirib kelayotgan sunʼiy yetishtirilgan va sunʼiy oziq — ovqat mahsulotlaridan iloji boricha kam ishlating. Masalan, PALMA moyi qoʻshilgan mahsulotlar bizning iqlimimizga moslashmagan oʻsimlik moyi boʻlib, uning hazm qilish jarayoni bizning  organizmimizga singib borishi mutlaqo zararli boʻlib, u rak toʻqimalari kletkalarining yorilishi va immunitet yemirilishi oqibatlarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham ayrim Yevropa davlatlari, masalan, Rossiya hukumati palma moyini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidan 2011 yil qonunan savdodan chiqarib tashlaganligining sababi ham shunda. Bunday misollarni koʻplab keltirishimiz mumkin.

Biolog sifatida asosiy maslahatim bugungi kunda oʻzimizning tabiiy muhitimizda yetishtirilayotgan mahsulotlardan, shuningdek tabiiy sharoitimizda mahalliy va yovvoyi muxitda oʻsayotgan dorivor oʻsimliklarimizdan koʻproq foydalanishni tavsiya qilaman.

Uy sharoitida immunitet faoliyatini yaxshilash maqsadida oʻrik qoqi, chilonjiyda qoqisi, olma va turli mevalar aralashmasidan  tayorlangan sharbatlar tayyorlab isteʼmol qilish,  qora kishmishni 6 soat mobaynida qaynagan suvga solib qoʻyib keyin isteʼmol qilish ham immunitetni quvvatini oshiradi.

Shuningdek, hozirda bozorlarimizda sotilayotgan zanjabil (imbir) dan keng foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. U nafaqat immunitetni oshiradi balki turli yuqumli kasalliklarni oldini olish xususiyatiga ega. U organizmdagi turli yot xiltlarni  va qon tarkibini tozalashi natijasida miya faoliyatini yaxshilaydi. Koʻzni ravshanlashtiradi, jismoniy va biologik quvvatni oshiradi.     

Shoxida SULTONOVA, biolog      

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.