Immunitetni kuchaytiruvchi sharqona tabiiy malhamni tayyorlash uchun 100 ml yangi siqib olingan limon sharbati, 200 gramm toza asal va 50 gramm zaytun yogʻini aralashtirib, och qoringa ertalab bir choy qoshiqdan isteʼmol qilasiz.
Ushbu malhamni har kuni yangidan tayyorlab, ichishni xohlasangiz, mahsulotlarni quyidagi miqdorda aralashtirasiz: 1 choy qoshiq yangi limon sharbati, 2 choy qoshiq toza asal va 0,5 choy qoshiq zaytun yogʻi.
Agar ushbu aralashmadan muntazam isteʼmol qilinsa, yoshartiradi, immunitetni kuchaytiradi, yuz terisi tiniqlashadi, koʻz ravshanlashadi. Shuningdek, inson tomirlardagi tiqinlardan parishonxotirlikdan farigʻ boʻladi.
Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.