Odatda, soat 22 dan ertalab 6 gacha uxlash kerak yaʼni sakkiz soatlik uyqu tana-yu vujudni qayta tiklash uchun yetarli.
Uyquga toʻymagan kishi kuni bilan uyqusirab lanj boʻlib yuradi. Ish vaqtida uxlab qolishi ham mumkin.
Gohida uyquningiz qochadi. Uning sabablari koʻp albatta. Asabiylashish, kompter oʻyinlari va hakozo…
Vaqtida uxlab saharlab turish salomatlik garovidir. Buning uchun yotishdan oldin yengil badantarbiya qilish juda muhim.
Uyqudan oldin ochiq havoda sayr qilish tiniqib uxlashning garovi boʻlib, ertalab yengil uygʻonasiz.
Uyqudan oldin toʻyib ovqatlanish mumkin emas. Oʻzingizni ochiqqandek his qilsangiz, quyidagilarni isteʼmol qilish mumkin: olma, bir qoshiq asal, bir stakan kefir yoki asal qoʻshilgan bir stakan iliq sut. Zero, ota-bobolarimiz: Uyqusi qochgan odam asal yalasin, deya bejiz aytishmagan. Shuningdek, yotishdan oldin sabzi sharbati ichish uyquga va sogʻliqqa foyda.
Zaytun yogʻini oyoqning bosh barmogʻiga surtib uqalansa, xotrjamlik bagʻishlab uyqu keltiradi.
R. SAPOYEVA tayyorladi.
Uyquning qochishi, tundan yaxshi uxlolmaslik juda qiynaydi odamni. Maqola orqali dolzarb muammoni oʻrtaga tashlabdi muallif. Faqatgina buni oʻsha uyqusizlikdan qiynalayetganlar oʻqishi kerak. Mana shu saytni yaratgan Ranoxon opamga va maqolani yozgan insonga raxmat. Shaxsan men juda koʻp maslaxatlarni, yangiliklarni sayt saxifalaridan olaman.