Joʻka (lipa) li choy shamollashda foyda

0
484
marta koʻrilgan.

Goʻdak shamollaganda uy sharoitida xalq tabobati usuli bilan ham yordam koʻrsatish mumkin. Buning uchun albatta, vrach bilan maslahatlashib oling.

Joʻka (lipa) koʻp yillik oʻsimlik.  Ushbu daraxtning gullari juda shifobaxsh boʻlib, ayni gullagan paytida yigʻiladi va quritiladi. Uni  yil davomida  ishlatish mumkin. Joʻkali choy shamollash, yalligʻlanishga qarshi va siydik haydovchi taʼsirga ega.

Malham tayyorlash usuli: Choy tayyorlash uchun lipa gullarining bir choy qoshigʻi ustidan bir stakan qaynoq suv quyilib, yarim soatga damlab qoʻyiladi. Soʻng dokadan oʻtkazilib, iliq holida 4 oylikdan oshgan bolaga kuniga bir necha mahal taʼbiga qarab berish mumkin.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.