Kamqonlik (anemiya) xastaligida taomnoma

3
15194
marta koʻrilgan.

Bu xastalik asosan ayollar va bolalarda uchraydi. Bu kasallikka chalinganlarni davolashni suyuqlik isʼtemolidan boshlagan maʼqul. Bemor tuzalgunicha qaynatilgan turshak suvini choy oʻrnida muntazam ichib turishi zarur. Keyin naʼmatak va doʻlana qaynatmasi ham yaxshi shifo boʻladi.

Shuningdek, kun oralatib quyidagi shifbobaxsh  qaynatmani ichib turish tavsiya etiladi: 200 gr. turshakka teng miqdorda qizil lavlagini sabziday toʻgʻrab, unga taʼbga qarab. shakar qoʻshasiz va uch litr suvda u to ikki litr qolgunicha qaynatasiz. Qaynatmani oʻsha kunning oʻzida ichish maqsadga muvofiq.

 Kamqonlikni davolashda ikki choy qoshiq quruq naʼmatak mevasining ustiga bir stakon qaynoq suv quyasiz va damlab qoʻyasiz va buni kuniga uch martadan taomdan soʻng ichib turasiz. Xuddi shu usulda mayizli damlama ham tayyorlab ertalab nonushtadan yarim soat oldin ichish ham koni foyda.

Ertalabki nonushtada paxta, pista yoki zaytun yogʻida qovurilgan piyozni suvi qochgan non bilan yeyish kamqonlikdan qutilishda yana bir davodir. Shuningdek, har kuni kamida 200 gr.  qizil lavlagini suvda pishirib yeng, u qonni koʻpaytirish bilan birga  tozalaydi ham.

 Kamqonlikda  qovurilgan, goʻshtli taomlar, sut isteʼmol qilinmaydi. Goʻshtni iloji boricha qiyma holida yegan maʼqul.  Shirinliklardan faqat asal, oqqand, shakar yeyish mumkin. Qandolatchilik mahsulotlari, qahva, kakao, turli pishiriqlar isteʼmoli mumkin emas.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

3 Mulohaza

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.