Kamqonlik xastaligini tabiiy vositalar asosida davolash

0
160
marta koʻrilgan.

Kamqonlik xastaligi asosan ayollar va bolalarda uchraydi. Bu kasallikka chalinganlarni davolashni suyuqlik isʼtemolidan boshlagan maʼqul.

Bemor tuzalgunicha qaynatilgan turshak suvini choy oʻrnida muntazam ichib turishi zarur. Keyin naʼmatak va doʻlana qaynatmasi ham yaxshi shifo boʻladi.

Shuningdek, kun oralatib quyidagi shifobaxsh  qaynatmani ichib turish tavsiya etiladi: 200 gr. turshakka  qizil lavlagini sabziday toʻgʻrab teng miqdorda qoʻshasiz va ularga taʼbga qarab shakar yoki novvot aralashtirib, uch litr suvda u to ikki litr qolgunicha qaynatasiz. Qaynatmani oʻsha kunning oʻzida ichish maqsadga muvofiq.

 Kamqonlikni davolashda ikki choy qoshiq quruq naʼmatak mevasining ustiga bir stakon qaynoq suv quyasiz va damlab qoʻyasiz va buni kuniga uch martadan taomdan soʻng ichib turasiz. Xuddi shu usulda mayizli damlama ham tayyorlab ertalab nonushtadan yarim soat oldin ichish ham koni foyda.

Ertalabki nonushtada paxta, pista yoki zaytun yogʻida qovurilgan piyozni suvi qochgan non bilan yeyish kamqonlikdan qutilishda yana bir davodir. Shuningdek, har kuni kamida 200 gr.  qizil lavlagini suvda pishirib yeng, u qonni koʻpaytirish bilan birga tozalaydi ham.

Kamqonlikda  qovurilgan ovqatlar, goʻshtli taomlar, sut isteʼmol qilinmaydi. Goʻshtni iloji boricha qiyma holida yegan maʼqul.  Shirinliklardan faqat asal, oqqand, shakar yeyish mumkin. Qandolatchilik mahsulotlari, qahva, kakao, turli pishiriqlar isteʼmoli mumkin emas.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.